Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo`yicha uslubiy nizomlar ro`yxati

Yakka tartibdagi uy-joy va hovli xududi xo`jalik qurishlariga aholi xarajatlarini baholash bo`yicha uslubiy Nizom

|rus|

Tasdiqlangan sana va soni: 2016 yil 22 iyundagi 7-sonli qaroriga ilova

2018 yil 26 yanvardagi 2 - son qaror bilan o`zgartirish kiritilgan

Davlat statistika qo`mitasining 2016 yil 22 iyundagi 7-sonli qaroriga muvofiq foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joyni tanlanma kuzatuvini yanada takomillashtirish maqsadida, (Davlat statistika qo`mitasining 2010 yil 30 iyuldagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan) “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo`jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo`yicha uslubiy nizom”ga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

 

Qurilish ishlari umumiy hajmini shakllantirish bo`yicha uslubiy Nizom

|rus|

Tasdiqlangan sana va soni: 2015 yil 2 apreldagi 5-sonli qaroriga ilova (rus tilida tasdiqlangan)

2018 yil 30 apreldagi 11 son qarori bilan o`zgartirishlar kiritilgan

Ushbu Uslubiy nizom qurilish faoliyatining statistik hisobini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo`lib, qurilish ishlari hajm to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni shakllantirish tartibini belgilab beradi.Mazkur Uslubiy nizom davlat statistika organlari tomonidan qurilish ishlari umumiy hajmlari bo`yicha statistik ma`lumotlarni shakllantirishda foydalanish uchun mo`ljallangan.Uslubiy nizomni tayyorlashda qurilish faoliyatini tartibga soluvchi O`zbekiston Respublikasi me`yoriy-huquqiy hujjatlari, Milliy hisoblash tizimi 2008 yil ta`riflari va alohida davlatlar tajribalaridan foydalanildi.

 

Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar umumiy hajmini shakllantirish bo`yicha uslubiy Nizom

|rus|

Tasdiqlangan sana va soni: 2015 yil 1 apreldagi 4-sonli qaroriga ilova

2018 yil 30 apreldagi 10 son qarori bilan o`zgartirishlar kiritilgan

Ushbu uslubiy nizom investitsiya faoliyati ko`rsatkichlarining statistik hisobini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo`lib, nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar hajmi to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni shakllantirish tartibini belgilab beradi.Mazkur uslubiy nizom davlat statistika organlari tomonidan nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar hajmlari bo`yicha statistik ma`lumotlarni shakllantirishda foydalanish uchun mo`ljallangan.Uslubiy nizomni tayyorlashda O`zbekiston Respublikasining investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi me`yoriy-huquqiy hujjatlari, Milliy hisoblar tizimi-2008 ta`riflaridan foydalanildi.

 

 

Jalb etilayotgan chet el investitsiyalari va kreditlari umumiy hajmlarini shakllantirish bo`yicha uslubiy Nizom

|rus|

Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 23 iyuldagi 14-sonli qaroriga ilova

Ushbu uslubiy nizom davlat statistika organlari tomonidan chet el investitsiyalari va kreditlari hajmi bo`yicha statistik ma`lumotlarni shakllantirishda foydalanish uchun mo`ljallangan.