KTYaDR bo`yicha uslubiy nizomlar ro`yxati

Yuridik shaxslarni xisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Reg-System” da ishlash tartibi tug'risidagi YO'RIQNOMA

Tasdiqlangan sana va soni: 2014 yil 12 iyundagi 2594-sonli qarori (O`zbek tilida tasdiqlangan)

2015 yil 12 avgustdagi 3-mb - son qarori bilan o`zgartirishlar kiritilgan (O`zbek tilida tasdiqlangan)

Ushbu Yo`riqnoma O`zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to`g`risida”gi Qonuniga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 25 sentyabrdagi 274-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri to`g`risidagi Nizom hamda 2013 yil 25 noyabrdagi 312-son “Tadbirkorlik sub`yektlarini Internet tarmog`i orqali davlat ro`yxatidan o`tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi (bundan buyon matnda Davlat statistika qo`mitasi deb yuritiladi) va ro`yxatdan o`tkazuvchi organlar tomonidan yuridik shaxslar to`g`risidagi ma`lumotlarni, yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Reg-System” asosida Korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registriga (bundan buyon matnda KTYaDR deb yuritiladi) kiritish jarayonida o`zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.