Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi bo`yicha uslubiy nizomlar ro`yxati

Fermer xo'jaliklari tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha uslubiy Nizom

|rus|

Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 2 martdagi 8-sonli buyrug'iga ilova

Mazkur uslubiy nizom fermer xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi faoliyati statistik kuzatuvini tashkil etish uchun ularning tanlov jamlanmasini shakllantirish tartibini, tanlanma ma`lumotlarni maqsadli jamlanmaga tarqatish hamda O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qishloq xo`jaligi sohasi bo`yicha tegishli yilning 1-chorak va 3-chorak yakunlari uchun hisob-kitoblarida kuzatuv natijalarini qo`llash mexanizmini o`z ichiga olgan kompleks hujjat hisoblanadi.

 

Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullannuvchi jismoniy shaxslarning tanlama kuzatuvini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha TARTIB

|rus|

Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 20 fevraldagi 19-sonli buyrug'iga ilova

Mazkur tartib sanoat ishlab chiqarish hajmi bo`yicha statistik ma`lumotlarning to`liqligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan reprezentativ ma`lumotlar olish maqsadida, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullannuvchi jismoniy shaxslarning tanlama kuzatuvini (keyingi o`rinlarda kuzatuv deb ataladi) tashkil etish va o`tkazish mexanizmini belgilaydi.

Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha uslubiy nizom

|rus|

Tasdiqlangan sana va soni: 2017 yil 25 dekabrdagi 5-sonli qaroriga ilova

Mazkur uslubiy nizom dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari (yuridik shaxs tashkil etgan va yuridik shaxs tashkil etmagan), ularning qishloq xo`jaligi faoliyati statistik kuzatuvini tashkil etish uchun tanlov jamlanmasini shakllantirish tartibini, tanlanma ma`lumotlarni maqsadli jamlanmaga tarqatish hamda kuzatuv natijalarini O`zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qishloq xo`jaligi sohasi bo`yicha tegishli yilning I va III chorak yakunlari uchun hisob-kitoblarida qo`llash mexanizmini o`z ichiga olgan kompleks hujjat hisoblanadi.

Dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo`jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo`jalik mahsulotlarini hisobga olish Metodikasi

|rus|

Tasdiqlangan sana va soni: 2012 yil 29 martdagi 5-sonli qaroriga ilova

Mazkur Metodika dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo`jaliklaridagi qishloq xo`jalik ekinlari maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, natura ko`rinishida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmlari to`g`risidagi statistik ma`lumotlarning shakllantirish tartibini belgilaydi va tavsiyaviy xarakterga ega.