Qo`shma uslubiy nizomlar ro`yxati

Yuridik shaxslarning nomiga davlatlarning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so'zlarni qo'shish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomaning 2-bandiga o'zgartirish kiritish haqida

|rus|

Tasdiqlangan sana: 2018 yil 6 aprel

 

 

Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda 2014 yil 1 yanvar holatiga qurilish mashina va mexanizmlari mavjudligi to`g`risidagi statistik kuzatuvni o`tkazish va uning yakunlarini chiqarish tartibi

|rus|

Tasdiqlangan sana: 2014 yil 11 fevral

Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda qurilish mashina va mexanizmlarning mavjudligi to`g`risidagi statistik kuzatuvning (keyingi o`rinlarda kuzatuv deb ataladi) maqsadi, kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarning moddiy-texnika bazasini tahlil qilish uchun zarur bo`lgan, shuningdek qurilish pudrat tashkilotlarining rivojlanishini qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun zarur bo`lgan ma'lumotlarni shakillantirishdan iborat.

 

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan O`zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati hodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi o`rtasida tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishining asosiy yo`nalishlari, mehnat shartlari va unga haq to`lash, tarmoq hodimlarining ijtimoiy kafolatlarini belgilab berish uchun 2014-2016 yillarga tuzilgan tarmoq kelishuvi

Tasdiqlangan sana va soni: 2014 yil 13 mart (O`zbek tilida tasdiqlangan)

Mazkur tarmoq kelishuvi (matnda bundan buyon Kelishuv deb yuritiladi) O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan O`zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati hodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi o`rtasida tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishining asosiy yo`nalishlari, mehnat shartlari va unga haq to`lash, tarmoq hodimlarining ijtimoiy kafolatlarini belgilab beruvchi normativ hujjatdir.

 

Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi ma`lumotlarini yig`ish va qayta ishlash uslubiyati to`g`risida NIZOM

Tasdiqlangan sana va soni: 27 avgust 2007 yildagi №11 ,01/15-23,31,01/10-4715 (reg №1717 20.09.2007yil) o’zgartirish kiritilgan qaror №6-mb, 01-02/12-26,42,13 03.09.2013 yil (reg № 1717-1 20.09.2013 yil)

Ushbu Nizom to`lov balansining uslubiyatiga muvofiq, tashqi savdoda tovarlar va xizmatlar hisobining to`liq aks ettirilishini ta`minlash maqsadida, davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi ma`lumotlarini yig`ish va qayta ishlashning uslubiyatini hamda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi va Davlat bojxona qo`mitasi o`rtasidagi ma`lumotlar almashinuvi tartibini aniqlab beradi.

Tovarlar tashqi savdosi bo`yicha statistik ma`lumotlarni yig`ish va qayta ishlash hamda ular bo`yicha ma`lumotlar bazasini shakllantirish Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan bojxona deklaratsiyalari ma`lumotlari asosida amalga oshiriladi.

 

Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlaridagi xo`jalik yurituvchi sub'yektlarda hodimlar soni va mehnatga haq to`lash fondining eng kam me'yorlariga rioya etilishi bo`yicha aniq hisob va nazoratni tashkil etilishini o`rganish yuzasidan idoralararo ma'lumotlarni taqdim etish bo`yicha Tartib

Tasdiqlangan sana va soni: 2014 yil 11 fevraldagi 1-q, 2014-5, 01-09/297- son qarorlariga ilova (O`zbek tilida tasdiqlangan)

Mazkur Tartib davlat statistika, soliq va mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan iqtisodiyotning ayrim tarmoqlaridagi xo`jalik yurituvchi sub'yektlarda hodimlar soni va mehnatga haq to`lash fondining eng kam me'yorlariga rioya etilishini nazorat qilish bo`yicha statistik va idoraviy ma'lumotlarni taqqoslash ishlarini doimiy ravishda amalga oshirishni yo`lga qo`yish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Soliq to`lovchilarning idеntifikatsion raqamlari Yagona rееstrida va Korxona va tashkilotlarning Yagona davlat rеgistri xisobidagi yuridik shaxslar to’g’risidagi ma'lumotlarni elеktron ko`rinishda idoralararo almashinuv Tartibi

Tasdiqlangan sana va soni: 2013 yil 7 aprеldagi №2K 03/2-5743-son qarorlari (rus tilida tasdiqlangan).

Ushbu Tartib, Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o`zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksining 2012 yil yakunlari bo`yicha 2013 yilning 24 yanvardagi 1-son bayonnoma ijrosini ta’minlash, korxona va tashkilotlarning Yagona davlat registri (KTyaDR) va soliq to`lovchilarning identifikatsion raqamlari yagona reestri (STIRyaR) hisobidagi yuridik shaxslar to`g`risidagi ma'lumotlarni elektron ko`rinishda idoralararo almashinuvini muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Aholining umumiy daromadlarini hisoblash metodikasi

Tasdiqlangan sana va soni: 2011 yil 22 martdagi 3, 5-sonli qarorlari (rus tilida tasdiqlangan)

Ushbu metodika aholining daromadlarini shakllantirishda alohida manbalarning roli va tuzilmasi, darajasi, hamda aholi turmush darajasining sifatini tavsiflovchi ko`rsatkichlarni baholash va hisoblash asoslarini belgilaydi.

Ushbu metodika Milliy hisoblar tizimining (SNS)-93 halqaro statistik standartlari, Halqaro mehnat tashkilotining tavsiyalari, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asoslangan.

Metodika, davlat statistika organlari tomonidan respublika va viloyatlar darajasida aholining umumiy daromadlari hajmining yillik va choraklik hisob-kitoblarini o`tkazishda foydalanishga mo`ljallangan.

 

O`zbekiston Respublikasida aholi migratsiyasi to`g`risidagi statistik va idoraviy ma`lumotlarning shakillanishi hamda ularning haqqoniyligini ta`minlash bo`yicha Tartib

Tasdiqlangan sana va soni: 2012 yil 17 sentyabrdagi 3q, 28-son qaroriga ilova (O`zbek tilida tasdiqlangan)

Mazkur Tartib O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi "O`zbekiston Respublikasida pasport tizimigi takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi PF-4262-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasida pasport tizimi to`g`risidagi Nizom"ning 39-bandida yuklatilgan vazifalar ijrosini tizimli tartibda olib borish hamda "Davlat statistikasi to`g`risida"gi qonunning 4,7-moddalariga muvofiq statistik ma`lumotlarning xolisligi, ishonchliligi va qiyosiligini taminlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

O`rta maxsus, kasb-hunar ta`lami muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishi to`g`risidagi idoraviy statistika hisobotlari ma`lumotlari bilan korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan davlat statistika hisobotlari ko`rsatkichlarini taqqoslash va ma`lumotlar haqqoniyligini ta`minlash bo`yicha vaqtinchalik Tartib

Tasdiqlangan sana va soni: 2012 yil 28 fevraldagi 1q, 07/qx-2-son qaroriga ilova (O`zbek tilida tasdiqlangan)

O`rta maxsus, kasb-hunar ta`lami muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishi to`g`risidagi idoraviy statistika hisobotlari ma`lumotlari bilan korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan davlat statistika hisobotlari ko`rsatkichlarini taqqoslash va ma`lumotlar haqqoniyligini ta`minlash bo`yicha vaqtinchalik Tartib (keyingi o`rinlarda vaqtinchalik Tartib) Davlat statistika qo`mitasi hamda Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligining O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 yanvardagi "Aholi bandligini taminlash, yoshlarni ishga joylashtirish, migratsiya jarayonini tartibga solish va istiqbolini aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga yo`naltirilgan kompleks tadbirlar dasturi"da yuklatilgan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

1 yanvar holati bo`yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o`tkazish tartibi to`g`risida Nizom

|rus|

Tasdiqlangan sana va soni: 2002 yil 29 oktyabrdagi 4, 129, 2002-86- sonli qarori (2002 yil 04 dekabrdagi 1192- sonli raqami bilan ro`yxatga olingan)

Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi “Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prognozi va 2002 yilgi O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining parametrlari to`g`risida” 490-son qarorining 12-bandini bajarish uchun ishlab
chiqilgan hamda 1 yanvar holati bo`yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o`tkazishning yagona tartibini belgilaydi. Mazkur Nizomning amal qilishi mulkchilik shakli va idoraviy bo`ysunishidan qat`i nazar barcha korxonalari, tashkilotlari va muassasalarga (matn davomida - tashkilotlar) tatbiq etiladi.

 

Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash darajasini baholash bo`yicha uslubiy tavsiyalar va jadvallar

Tasdiqlangan sana va soni: 2010 yil 14 sentyabrdagi 04-8 – son qarori (rus tilida tasdiqlangan)

Mazkur uslubiy tavsiyalar, iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash darajasi to`g`risidagi idoralararo ma`lumotlar almashinuvi mexanizmi va shakllanish darajasini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan va uni taxlil qilish jarayonida iqtisodiyot organlariga amaliy yordam ko`rsatish uchun yo`naltirilgan.