Tasdiqlangan sana va soni: 2020- yil 19- avgustdagi 26- sonli qarorga ilova (2025-yil 18-apreldagi 3-son qaror bilan bekor qilindi)
Davlat statistika kuzatuvlari shakllariga indekslar biriktirish bo'yicha reglament statistika amaliyotida foydalanilayotgan davlat statistika kuzatuvlari shakllariga indekslarni biriktirish ishlarini tizimlashtirish va bunda yagona yondashuvni ta'minlash, davlat statistika organlari xodimlari, hisobot taqdim etuvchi sub'ektlar va boshqa foydalanuvchilar tomonidan hisobot shakllarining turi, davriyligi va mazmunining oson tushunilishi hamda foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.



