Tasdiqlangan sana va soni: 2018- yil “24” maydagi 54- son buyrug`iga ilova (2024-yil 24-apreldagi 49-buyruq bilan bekor qilingan)
Ushbu Reglament O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 2- fevraldagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ- 2752- son qaroriga muvofiq ishlab chiqilib, davlat statistika tizimi mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari (bosh, yetakchi va 1- toifali mutaxassislar) faoliyatini o`rganish va baholash tartibi, mezonlari va muddatlarini belgilaydi.



