Tasdiqlangan sana va soni: 2013- yil 24- iyundagi 3- mb- son qaroriga ilova
Ushbu Nizom O`zbekiston Respublikasining "Davlat statistikasi to`g`risida"gi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002- y., 12- son, 219- modda), "Elektron raqamli imzo to`g`risida"gi (O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2004- y., 4- son, 41- modda), "Elektron hujjat aylanishi to`g`risida"gi (O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2004- y., 20- son, 230- modda) qonunlariga muvofiq, Internet tarmog`i orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron hujjat ko`rinishida davlat statistika hisobotini (bundan buyon matnda statistika hisoboti deb yuritiladi) taqdim etish tartibini belgilaydi



