Tasdiqlangan sana va soni: 2012 yil 17 sentyabrdagi 3q, 28-son qaroriga ilova (O`zbek tilida tasdiqlangan) (2023- yil Statistika agentligining 2- son qq va Ichki vazirligini 2023- yil 30- martdagi 13- son qaror bilan bekor qilindi)
Mazkur Tartib O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi "O`zbekiston Respublikasida pasport tizimigi takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi PF-4262-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasida pasport tizimi to`g`risidagi Nizom"ning 39-bandida yuklatilgan vazifalar ijrosini tizimli tartibda olib borish hamda "Davlat statistikasi to`g`risida"gi qonunning 4,7-moddalariga muvofiq statistik ma`lumotlarning xolisligi, ishonchliligi va qiyosiligini taminlash maqsadida ishlab chiqilgan.



