Tasdiqlangan sana va soni: 2023 yil 14 dekabrdagi 86-sonli buyruq
Turizm yordamchi hisobini shakllantirish bo’yicha mazkur Uslubiy nizom "Milliy hisoblar tizimi -2008" konsepsiyalari va "Turizm statistikasi bo’yicha xalqaro tavsiyalar - 2008", "Turizm yordamchi hisoblari: tavsiya qilingan uslubiy asos - 2008" kabi xalqaro andozalarga asoslangan bo’lib, O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi tomonidan turizm yordamchi hisobini shakllantirish tartibini belgilaydi.



