Foydali ma'lumotlar
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 30 may 28- son qarori ) |
| Mazkur tartib avtomobil transporti faoliyati hajmi to`g`risidagi statistik ma`lumotlarning to`liqligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan reprezentativ ma`lumotlar olish maqsadida, shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyatini tanlama kuzatuvini (keyingi o`rinlarda – kuzatuv) tashkil etish va o`tkazish mexanizmini belgilaydi.
|
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 30 may 27- son qarori ) |
| Mazkur tartib xizmatlar sohasida yakka tartibdagi mehnat faoliyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha ko`rsatilgan bozor xizmatlari hajmi to`g`risidagi statistik ma`lumotlarning to`liqligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan reprezentativ ma`lumotlar olish maqsadida, aholiga xizmat ko`rsatuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvini (keyingi o`rinlarda – kuzatuv) tashkil etish va o`tkazish mexanizmini belgilaydi.
|
|
Natural holida asosiy oziq - ovqat resurslarining yillik balansini tuzish bo`yicha uslubiy Nizom (Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 15 aprel 15- son qarori) |
| Mazkur uslubiy nizom balanslarni ishlab chiqish yo`li bilan oziq-ovqat resurslaridan foydalanish to`g`risidagi axborotlarning shakllanish mexanizmini belgilaydi. Nizomda Respublika bo`yicha barcha toifadagi xo`jaliklarda yilda bir marta yillik yakuniy ma`lumotlar asosida asosiy oziq-ovqat resurslari balansini (keyingi o`rinlarda balans deb ataladi) natura holida tuzish bo`yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish ko`zda tutiladi.
|
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 20 fevral 4- son qarori) |
| Ushbu nizom aholi turmush darajasi to`g`risida statistik ma`lumotlar olish maqsadida uy xo`jaliklarida tanlanma usulda kuzatuvlar (keyinchalik – kuzatuv) tashkil etish va o`tkazish tartiblarini belgilaydi. |
|
Gender statistikasiga oid ko’rsatkichlarni shakllantirish bo’yicha tartibni tasdiqlash to’g’risida (Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 15 may 24- son qarori) |
| Gender statistikasi ko`rsatkichlarini shakllantirish bo`yicha tartib (keyingi o’rinlarda tartib deb ataladi) gender statistikasi to’g’risidagi ma’lumotlarni shakllantirishda foydalanish uchun mo’ljallangan. |
|
Oilalar holatini tavsiflovchi ko`rsatkichlarni shakllantirish bo`yicha Tartib (Tasdiqlangan sana: 2019 yil 29 aprel № 17) |
| Oilalar holatini tavsiflovchi ko`rsatkichlarni shakllantirish bo`yicha tartib (keyingi o`rinlarda – Tartib) oilalar to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni shakllantirish tartibini belgilaydi va davlat statistika organlarida oilalarning holatini tavsiflovchi ko`rsatkichlar bo`yicha statistik ma`lumotlarni shakllantirishda foydalanish uchun mo`ljallangan. |
|
(Tasdiqlangan sana: 2014 yil 11 fevral) |
| Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda qurilish mashina va mexanizmlarning mavjudligi to`g`risidagi statistik kuzatuvning (keyingi o`rinlarda kuzatuv deb ataladi) maqsadi, kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarning moddiy-texnika bazasini tahlil qilish uchun zarur bo`lgan, shuningdek qurilish pudrat tashkilotlarining rivojlanishini qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun zarur bo`lgan ma'lumotlarni shakillantirishdan iborat. |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2014 yil 13 mart (O`zbek tilida tasdiqlangan)) |
|
Mazkur tarmoq kelishuvi (matnda bundan buyon Kelishuv deb yuritiladi) O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan O`zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati hodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi o`rtasida tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishining asosiy yo`nalishlari, mehnat shartlari va unga haq to`lash, tarmoq hodimlarining ijtimoiy kafolatlarini belgilab beruvchi normativ hujjatdir. |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 27 avgust 2007 yildagi №11 ,01/15-23,31,01/10-4715 (reg №1717 20.09.2007yil) o’zgartirish kiritilgan qaror №6-mb, 01-02/12-26,42,13 03.09.2013 yil (reg № 1717-1 20.09.2013 yil)) |
|
Ushbu nizom to`lov balansining uslubiyatiga muvofiq, tashqi savdoda tovarlar va xizmatlar hisobining to`liq aks ettirilishini ta`minlash maqsadida, davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi ma`lumotlarini yig`ish va qayta ishlashning uslubiyatini hamda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi va Davlat bojxona qo`mitasi o`rtasidagi ma`lumotlar almashinuvi tartibini aniqlab beradi.Tovarlar tashqi savdosi bo`yicha statistik ma`lumotlarni yig`ish va qayta ishlash hamda ular bo`yicha ma`lumotlar bazasini shakllantirish Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan bojxona deklaratsiyalari ma`lumotlari asosida amalga oshiriladi. |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2014 yil 11 fevraldagi 1-q, 2014-5, 01-09/297- son qarorlariga ilova (O`zbek tilida tasdiqlangan)) |
|
Mazkur tartib davlat statistika, soliq va mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan iqtisodiyotning ayrim tarmoqlaridagi xo`jalik yurituvchi sub'yektlarda hodimlar soni va mehnatga haq to`lash fondining eng kam me'yorlariga rioya etilishini nazorat qilish bo`yicha statistik va idoraviy ma'lumotlarni taqqoslash ishlarini doimiy ravishda amalga oshirishni yo`lga qo`yish maqsadida ishlab chiqilgan. |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2013 yil 7 aprеldagi №2K 03/2-5743-sonli qarorlari (rus tilida tasdiqlangan)) |
|
Ushbu tartib, Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o`zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksining 2012 yil yakunlari bo`yicha 2013 yilning 24 yanvardagi 1-sonli bayonnoma ijrosini ta’minlash, korxona va tashkilotlarning Yagona davlat registri (KTyaDR) va soliq to`lovchilarning identifikatsion raqamlari yagona reestri (STIRyaR) hisobidagi yuridik shaxslar to`g`risidagi ma'lumotlarni elektron ko`rinishda idoralararo almashinuvini muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. |
|
Aholining umumiy daromadlarini hisoblash metodikasi (Tasdiqlangan sana va soni: 2011 yil 22 martdagi 3, 5-sonli qarorlari (rus tilida tasdiqlangan)) |
|
Ushbu metodika aholining daromadlarini shakllantirishda alohida manbalarning roli va tuzilmasi, darajasi, hamda aholi turmush darajasining sifatini tavsiflovchi ko`rsatkichlarni baholash va hisoblash asoslarini belgilaydi. Ushbu metodika Milliy hisoblar tizimining (SNS)-93 halqaro statistik standartlari, Halqaro mehnat tashkilotining tavsiyalari, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asoslangan. Metodika, davlat statistika organlari tomonidan respublika va viloyatlar darajasida aholining umumiy daromadlari hajmining yillik va choraklik hisob-kitoblarini o`tkazishda foydalanishga mo`ljallangan. |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2012 yil 17 sentyabrdagi 3q, 28-sonli qaroriga ilova (O`zbek tilida tasdiqlangan)) |
|
Mazkur Tartib O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi "O`zbekiston Respublikasida pasport tizimigi takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi PF-4262-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasida pasport tizimi to`g`risidagi Nizom"ning 39-bandida yuklatilgan vazifalar ijrosini tizimli tartibda olib borish hamda "Davlat statistikasi to`g`risida"gi qonunning 4,7-moddalariga muvofiq statistik ma`lumotlarning xolisligi, ishonchliligi va qiyosiligini taminlash maqsadida ishlab chiqilgan. |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2012 yil 28 fevraldagi 1q, 07/qx-2-sonli qaroriga ilova (O`zbek tilida tasdiqlangan)) |
|
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`lami muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishi to`g`risidagi idoraviy statistika hisobotlari ma`lumotlari bilan korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan davlat statistika hisobotlari ko`rsatkichlarini taqqoslash va ma`lumotlar haqqoniyligini ta`minlash bo`yicha vaqtinchalik tartib (keyingi o`rinlarda vaqtinchalik Tartib) Davlat statistika qo`mitasi hamda Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligining O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 yanvardagi "Aholi bandligini taminlash, yoshlarni ishga joylashtirish, migratsiya jarayonini tartibga solish va istiqbolini aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga yo`naltirilgan kompleks tadbirlar dasturi"da yuklatilgan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan. |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2002 yil 29 oktyabrdagi 4, 129, 2002-86- sonli qarori (2002 yil 04 dekabrdagi 1192- sonli raqami bilan ro`yxatga olingan)) |
| Mazkur nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi “Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prognozi va 2002 yilgi O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining parametrlari to`g`risida” 490-son qarorining 12-bandini bajarish uchun ishlab chiqilgan hamda 1 yanvar holati bo`yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o`tkazishning yagona tartibini belgilaydi. Mazkur Nizomning amal qilishi mulkchilik shakli va idoraviy bo`ysunishidan qat`i nazar barcha korxonalari, tashkilotlari va muassasalarga (matn davomida - tashkilotlar) tatbiq etiladi. |
|
Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash darajasini baholash bo`yicha uslubiy tavsiyalar va jadvallar (Tasdiqlangan sana va soni: 2010 yil 14 sentyabrdagi 04-8 – sonli qarori (rus tilida tasdiqlangan)) |
|
Mazkur uslubiy tavsiyalar, iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash darajasi to`g`risidagi idoralararo ma`lumotlar almashinuvi mexanizmi va shakllanish darajasini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan va uni taxlil qilish jarayonida iqtisodiyot organlariga amaliy yordam ko`rsatish uchun yo`naltirilgan. |
Axborot texnologiyalari bo`yicha uslubiy nizomlar ro`yxati
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 25 fеvraldagi 7-son) |
|
|
Turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo`yicha uslubiy nizomlar ro`yxati
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 30 avgust 37- son qarori) |
|
Mazkur uslubiy nizom davlat statistika organlari tomonidan fan va innovatsiyalar sohasidagi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantirishda foydalanish uchun mo‘ljallangan. |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 24 oktabrdagi 5-qq-sonli qaror iga ilova) |
|
Uy xo`jaliklarida tanlama kuzatuvlar o`tkazish bo`yicha intervyuerlar uchun qo`llanma (Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 30 apreldagi 9-sonli qaror iga ilova) |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2017 yil 27 fevraldagi 11-sonli qaror iga ilova) |
|
Mazkur vaqtinchalik tartib ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bo‘yicha statistik ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan reprezentativ ma’lumotlar olish maqsadida, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirgan mikrofirma va kichik korxonalar tanlama kuzatuvini (keyingi o‘rinlarda - kuzatuv) tashkil etish va o‘tkazish mexanizmini belgilaydi. |
|
Talim statistikasi bo'yicha uslubiy Nizom (Tasdiqlangan sana va soni: 2016 yil 30 iyundagi 10-sonli qaror iga ilova) |
|
Ushbu talim statistikasi boyicha uslubiy nizom (bundan keyingi o'rinda Nizom deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasida talim tiziming xolati va rivojlanishi to‘grisidagi statistik malumotlarni yeg'ish, qayta ishlash va shakilantirish uchun uslubiy asosni taminlaydi. |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2013 yil 28 maydagi 5-sonli qaroriga ilova) |
|
Ushbu Nizom innovatsion faoliyatga to`sqinlik qiluvchi omillarni o`rganish, shuningdek, tashkilotlar tomonidan tadbiq etilgan innovatsiyalarning iqtisodiy samarasini aniqlash maqsadida, tashkilotlarning innovatsion faolligi hamda tadbiq etilgan innovatsiyalarning biznesni rivojlanishiga ta`siri kuzatuvlarini (keyingi o`rinlarda – kuzatuv) tashkil etish va o`tkazish mexanizmlarini belgilaydi. |
Turizm statistikasi bo`yicha uslubiy Nizom
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2012 yil 18 yanvardagi 1-sonli qaroriga ilova) |
| Mazkur turizm statistikasi bo`yicha uslubiy nizom (bundan keyin – Nizom deb yuritiladi) milliy hisoblar tizimining “turizm yordamchi hisobi” va to`lov balansi statistikasining kontseptual doirasi bilan bog`liq holda turizm holati va rivojlanishi to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni yig`ish, qayta ishlash va shakllantirish uchun uslubiy asosni ta`minlaydi. |
Uy xo`jaliklarida tanlama kuzatuv o`tkazish bo`yicha uslubiy Nizom
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2010 yil 24 dekabrdagi 18-sonli qarori) (2016 yil 29 fevraldagi 2- sonli qaror bilan o`zgartirish kiritilgan) (2018 yil 31 yanvardagi 5 - sonli qaror bilan o`zgartirish kiritilgan)
|
| Ushbu nizom aholi turmush darajasi to`g`risida statistik ma`lumotdar olish maqsadida uy xo`jaliklarida tanlanma usulda kuzatuvlar (keyinchalik - kuzatuvlar) tashkil etish va o`tkazish tartiblarini belgilaydi. |
Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi bo`yicha uslubiy nizomlar ro`yxati
|
Asosiy ekologik indikatorlarni shakllantirish bo‘yicha uslubiy nizomni tasdiqlash to’g’risida. (Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 20 sentabr 38- sonli qarori) |
|
Uslubiy nizom davlat statistika organlari tomonidan Respublika va hududiy darajada qo‘llanilishi uchun mo‘ljallangan. |
|
Natura holida asosiy oziq - ovqat resurslarining yillik balansini tuzish bo`yicha uslubiy Nizom (Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 15 aprel 15- sonli qarori) |
|
Mazkur uslubiy nizom balanslarni ishlab chiqish yo`li bilan oziq-ovqat resurslaridan foydalanish to`g`risidagi axborotlarning shakllanish mexanizmini belgilaydi. Nizomda Respublika bo`yicha barcha toifadagi xo`jaliklarda yilda bir marta yillik yakuniy ma`lumotlar asosida asosiy oziq-ovqat resurslari balansini (keyingi o`rinlarda balans deb ataladi) natura holida tuzish bo`yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish ko`zda tutiladi. |
|
Fermer xo'jaliklari tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha uslubiy Nizom (Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 2 martdagi 8-sonli buyrug'iga ilova) |
|
Mazkur uslubiy nizom fermer xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi faoliyati statistik kuzatuvini tashkil etish uchun ularning tanlov jamlanmasini shakllantirish tartibini, tanlanma ma`lumotlarni maqsadli jamlanmaga tarqatish hamda O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qishloq xo`jaligi sohasi bo`yicha tegishli yilning 1-chorak va 3-chorak yakunlari uchun hisob-kitoblarida kuzatuv natijalarini qo`llash mexanizmini o`z ichiga olgan kompleks hujjat hisoblanadi. |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 20 fevraldagi 19-sonli buyrug'iga ilova) |
|
Mazkur tartib sanoat ishlab chiqarish hajmi bo`yicha statistik ma`lumotlarning to`liqligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan reprezentativ ma`lumotlar olish maqsadida, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullannuvchi jismoniy shaxslarning tanlama kuzatuvini (keyingi o`rinlarda kuzatuv deb ataladi) tashkil etish va o`tkazish mexanizmini belgilaydi. |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2017 yil 25 dekabrdagi 5-sonli qaroriga ilova) |
| Mazkur uslubiy nizom dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari (yuridik shaxs tashkil etgan va yuridik shaxs tashkil etmagan), ularning qishloq xo`jaligi faoliyati statistik kuzatuvini tashkil etish uchun tanlov jamlanmasini shakllantirish tartibini, tanlanma ma`lumotlarni maqsadli jamlanmaga tarqatish hamda kuzatuv natijalarini O`zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qishloq xo`jaligi sohasi bo`yicha tegishli yilning I va III chorak yakunlari uchun hisob-kitoblarida qo`llash mexanizmini o`z ichiga olgan kompleks hujjat hisoblanadi. |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2012 yil 29 martdagi 5-sonli qaroriga ilova) |
| Mazkur metodika dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo`jaliklaridagi qishloq xo`jalik ekinlari maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, natura ko`rinishida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmlari to`g`risidagi statistik ma`lumotlarning shakllantirish tartibini belgilaydi va tavsiyaviy xarakterga ega. |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2021 yil 16 fevraldagi 4- sonli qarori) |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 22 fevraldagi 6- sonli qarori) |
|
Tovarlar tashqi savdosi statistika hisobini tashkil qilish bo`yicha uslubiy Nizom (Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 19 yanvardagi 1- sonli qarori) |
|
Mazkur uslubiy Nizomda, O`zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligi qoidalari hamda BMTning Statistika bo`limi tomonidan tayyorlangan "Tovarlar xalqaro savdosi statistikasi: kontseptsiyalar va tariflar"ning ikkinchi qayta ko`rib chiqilgan variantiga asoslangan, tovarlar tashqi savdosi bo`yicha statistik ma`lumotlar shakllanishining asosiy qoidalari va tartiblari bayon etilgan. |
|
Chakana savdo tovar aylanmasining statistika hisobi bo`yicha uslubiy Nizom (Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 2 noyabrdagi 22-sonli qaroriga ilova) |
|
Ushbu uslubiy Nizom ulgurji savdo sohasidagi statistik hisobni yanada takomillashtirish maqsadida tayyorlangan va ulgurji savdo tovar aylanmasi va tovar zahiralari to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni shakllantirish tartibini belgilaydi. |
|
Kiruvchi turizm bo`yicha tanlanma kuzatuvni tashkil etish va o`tkazish tartibi (Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 30 maydagi 58-sonli buyrug'i) |
|
Xizmatlar tashqi savdosi statistika hisobini tashkil qilish bo`yicha uslubiy Nizom (Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 19 yanvardagi 1-sonli qaroriga ilova) |
|
(Tasdiqlangan sana va soni: 2010 yil 27 avgustdagi 2-sonli qarori) |
| Ushbu uslubiy Nizom mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`iy nazar barcha xo`jalik yurituvchi sub`yektlar bo`yicha spirtli ichimliklar resurslarini shakllanishi va foydalanish hisobini to`liqligini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan. |
|
Asosiy oziq-ovqat iste`mol tovarlari balansini tuzish bo`yicha uslubiy Nizom (Tasdiqlangan sana va soni: 2010 yil 27 avgustdagi 3-sonli qarori) |
|
Ushbu uslubiy Nizom davlat statistika organlari tomonidan asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol mollari balansini yaratish yo’li bilan tovar bozorlarida resurslardan foydalanish to’q’risidagi ma’lumotlarni shakllantirish mеxanizmini aniqlaydi. |




