Assign modules on offcanvas module position to make them visible in the sidebar.

Foydali ma'lumotlar

Yoqilg`i va energiya balansini shakllantirish bo`yicha uslubiy Nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 29 martdagi 11- son qarori)

 

 O‘zbekiston Respublikasining “Ushbu Uslubiy nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan yoqilg`i va energiya balansini shakllantirish bo`yicha uslubiyatni joriy qilish tartibini belgilaydi

 

Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullannuvchi jismoniy shaxslarning (yuridik maqomga ega bo`lmagan) tanlama kuzatuvini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tartib

(Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 28 avgust 96-son buyrug'i)

 

Sanoat ishlab chiqarishning energiya samaradorligini aniqlash bo'yicha uslubiy Nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 31 iyul 15-sonli qarori)

   


Ushbu uslubiy nizom sanoat ishlab chiqarishning energiya samaradorligi, shuningdek, yoqilg`i-energetika tarmog`ini tavsiflovchi alohida ko`rsatkichlar bo`yicha statistika axborotlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.

 

Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullannuvchi jismoniy shaxslarning tanlama kuzatuvini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tartib

(Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 20 fevraldagi 19-son qarori)  

Mazkur tartib sanoat ishlab chiqarish hajmi bo`yicha statistik ma`lumotlarning to`liqligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan reprezentativ ma`lumotlar olish maqsadida, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullannuvchi jismoniy shaxslarning tanlama kuzatuvini (keyingi o`rinlarda kuzatuv deb ataladi) tashkil etish va o`tkazish mexanizmini belgilaydi.

 

Iste`mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini shakllantirish bo`yicha uslubiy Nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 31 yanvardagi 6-son qarori)

Mazkur uslubiy nizom iste`mol tovarlari ishlab chiqarilishi bo`yicha statistik ma`lumotlarni shakllantirish tartibini belgilaydi va iste`mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi to`g`risida statistik ma`lumotlarni shakllantirish uchun davlat statistika organlari tomonidan foydalanishga mo`ljallangan.

 

Qayta ishlash sanoati ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksini deflyatorlash usuli asosida hisoblash bo`yicha uslubiy Nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2014 yil 10 dеkabrdagi 13-son qarori)

Ushbu uslubiy nizom, mamlakat va uning hududlarining asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini shakllantirishda iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektori rivojlanishini kuzatib borish uchun indikator sifatida qo`llaniladigan, sanoat ishlab chiqarishi fizik hajmi indeksining tarkibiy qismi hisoblangan qayta ishlash sanoati ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksini aniqlashda davlat statistika organlari tomonidan statistika ma`lumotlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.

 

Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi qiymatini baholash bo`yicha uslubiy Nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2015 yil 9 iyundagi 9-son qarori)

Ushbu Uslubiy nizom sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi to`g`risidagi statistik ma`lumotlarning shakllanish tartibini belgilaydi (tovarlar, ishlar, xizmatlar) va davlat statistika organlari tomonidan sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning umumiy hajmi bo`yicha statistik ma`lumotlarni shakllantirishda foydalanish uchun mo`ljallangan.

Eksport (yetkazib berilgan) va import (olib kirilgan) tovar narxlari indeksini xisoblash bo’yicha uslubiy nizomni tasdiqlash to’g’risida.

(Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 28 iyun 32-sonli qarori)

                                  

                                  

Ushbu uslubiy qoidalar organlar tomonidan ishlab chiqilgan va qo'llanilgan narxlar indekslarini hisoblash uchun O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi eksport ta'minoti va import tushumlari.

 

           Sanoat korxonalari tomonidan xarid qilingan moddiy resurslar narxlari indeksini xisoblash

                                          (Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 29 martdagi 13- sonli qarori                                 

    

 O‘zbekiston Respublikasining “Ushbu uslubiy nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan sanoat korxonalari tomonidan xarid qilingan moddiy resurslar narxlari indeksini xisoblash tizimini joriy etish bo`yicha uslubiyatni joriy qilish tartibini belgilaydi.

 

Tovarlarning ulgurji savdo narxlari indeksini hisoblash bo‘yicha uslubiy Nizom

                                  (Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 29 martdagi 12-sonli qarori                                 

    

 O‘zbekiston Respublikasining “Ushbu uslubiy nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tovarlarning ulgurji savdo narxlari indeksini hisoblash tizimini joriy etish bo`yicha uslubiyatni joriy qilish tartibini belgilaydi.

 

Tashish va aloqa xizmatlari indeksini hisoblash bo`yicha uslubiy nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 26 sentabr 16-sonli qaroriga ilova)

 

Iste’mol bozorida narxlar darajasini aniqlash yuzasidan tovarlarning o‘rtacha iste’mol narxlari kuzatuvini tashkil etish va hisoblash bo‘yicha uslubiy nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 28 sentabrda 17-sonli qaroriga ilova)

    

Mazkur uslubiy nizom O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha uyushgan savdo majmualari va dehqon bozorlaridagi tovarlarning o‘rtacha narxlari kuzatuvi tartibini, shu bilan bir qatorda alohida turdagi tovarlarning ma’lum bir davrdagi o‘rtacha iste’mol narxlarini hisoblash tartibini belgilaydi.

 

Tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari (tariflari) kuzatuvini tashkil etish va iste’mol narxlari indeksini hisoblash bo‘yicha uslubiy nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2017 yil 28 dekabrda 6-sonli qaroriga ilova)

    

Aholi tomonidan noishlab chiqarish iste’moli uchun xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar iste’mol narxlarining statistis kuzatuvini tashkil etishni takomillashtirish va sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, O’zbekiston Respublikasi hududida iste’mol narxlari indeksini aniqlash tartibini belgilaydi.

 

Ishlab chiqaruvchilar narxlari kuzatuvi va sanoat mahsulotlari narxlarining indekslarini hisoblash bo`yicha uslubiy qo`llanma

    (Tasdiqlangan sana va soni: 2016 yil 26 oktabrda 16-sonli qaroriga ilova)     

 

Ushbu uslubiy qo`llanma sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari narxlarining darajasi va ularning o`zgarishi bo`yicha statistik kuzatuvlarni hamda narx indekslarini hisoblashni yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

 “Ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari narxlari to`g`risida kichik tadbirkorlik sub`ektlarining pilot shaklida tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o`tkazish tartibi” bo`yicha uslubiy nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2016 yil 26 iyulda 12-sonli qaroriga ilova)

Ushbu tartib, narxlar indeksi hisob-kitoblari va sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlarining darajasi va o`zgarishi bo`yicha reprezentativ ma`lumotlarni olish, bu borada statistik kuzatuvlar sifatini oshirish va yanada takomillashtirish maqsadida, kichik tadbirkorlik sub`ektlarining pilot shaklidagi tanlanma kuzatuvini (keyingi o`rinlarda tanlanma kuzatuv deb yuritiladi) tashkil etish va o`tkazish mexanizmini belgilab beradi.

  

Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar umumiy hajmini shakllantirish bo`yicha uslubiy Nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 28 iyun 34- son qarori)

     

Ushbu uslubiy nizom investitsiya faoliyati ko`rsatkichlarining statistik hisobini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo`lib, nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar hajmi to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni shakllantirish tartibini belgilab beradi.


 

Jalb etilayotgan chet el investitsiyalari va kreditlari umumiy hajmlarini shakllantirish bo`yicha uslubiy Nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2018 yil 23 iyuldagi 14-sonli qaroriga ilova)

  

Ushbu uslubiy nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 23 yanvardagi 02-02-8-4-sonli majlis bayonining 11-bandiga asosan, shuningdek, investitsiya faoliyati statistik ko`rsatkichlarini shakllantirish uslubiyatini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan va jalb etilayotgan chet el investitsiyalari va kreditlarining umumiy hajmi to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni shakllantirish tartibini belgilab beradi.

 

Yakka tartibdagi uy-joy va hovli xududi xo`jalik qurishlariga aholi xarajatlarini baholash bo`yicha uslubiy Nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2016 yil 22 iyundagi 7-sonli qaroriga ilova)

(2018 yil 26 yanvardagi 2 - son qaror bilan o`zgartirish kiritilgan)

Davlat statistika qo`mitasining 2016 yil 22 iyundagi 7-sonli qaroriga muvofiq foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joyni tanlanma kuzatuvini yanada takomillashtirish maqsadida, (Davlat statistika qo`mitasining 2010 yil 30 iyuldagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan) “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo`jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo`yicha uslubiy nizom”ga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

 

Qurilish ishlari umumiy hajmini shakllantirish bo`yicha uslubiy Nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2015 yil 2 apreldagi 5-sonli qaroriga ilova (rus tilida tasdiqlangan))

(2018 yil 30 apreldagi 11-son qarori bilan o`zgartirishlar kiritilgan)

        

Ushbu uslubiy nizom qurilish faoliyatining statistik hisobini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo`lib, qurilish ishlari hajm to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni shakllantirish tartibini belgilab beradi. Mazkur Uslubiy nizom davlat statistika organlari tomonidan qurilish ishlari umumiy hajmlari bo`yicha statistik ma`lumotlarni shakllantirishda foydalanish uchun mo`ljallangan. Uslubiy nizomni tayyorlashda qurilish faoliyatini tartibga soluvchi O`zbekiston Respublikasi me`yoriy-huquqiy hujjatlari, Milliy hisoblash tizimi 2008 yil ta`riflari va alohida davlatlar tajribalaridan foydalanildi.

 

Mehnat unumdorligini hisoblash bo`yicha uslubiy Nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 28 fevraldagi 9- son qarori)

            

O‘zbekiston Respublikasining “Ushbu uslubiy nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va hududlar, shuningdek, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mehnat unumdorligi hamda mehnat unumdorligi indekslarini hisoblash tartibini belgilaydi.

 

«Xarajatlar – ishlab chiqarish» jadvalini tuzish bo‘yicha uslubiy Nizom

(Tasdiqlangan sana va soni: 2019 yil 12 fevraldagi 2- son qarori)

                                                          

Uslubiy nizomda tarmoq klassifikatsiyasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichidan va mahsulotlar tasniflagichi sifatida mahsulotlarning statistik tasniflagichidan foydalangan holda «Xarajatlar – ishlab chiqarish» jadvalini tuzish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Ishlab chiqarish hisobini shakllantirish bo`yicha uslubiy Nizom

(2018 yil 28 sentabr 18-sonli qaroriga ilova)

Kapital bilan operatsiyalar hisobini shakllantirish bo'yicha vaqtinchalik uslubiy Nizom

(2018 yil 30 yanvar 3-sonli qaroriga ilova)

 

Yalpi hududiy mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash bo`yicha uslubiy Nizom

(2018 yil 30 aprel 12-sonli qaroriga ilova)

   

Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash bo'yicha mazkur uslubiy nizom “Milliy hisoblar tizimi – 2008” kontseptsiyalariga asoslangan va davlat statistika organlari tomonidan yalpi ichki mahsulotni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida hisoblashda foydalanish uchun mo'ljallangan. Uslubiy nizom, tarmoq klassifikatsiyasi sifatida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichidan tasniflagichidan foydalangan holda, YaIMni yillik (batafsil hisob-kitoblar) va choraklik (tezkor baholashlar) davriylikda hisoblashni ko'zda tutadi.

 

Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash bo`yicha uslubiy Nizom

(2016 yil 29 iyundagi 9-sonli qaroriga ilova)

   

Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash bo'yicha mazkur uslubiy nizom “Milliy hisoblar tizimi – 2008” kontseptsiyalariga asoslangan va davlat statistika organlari tomonidan yalpi ichki mahsulotni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida hisoblashda foydalanish uchun mo'ljallangan. Uslubiy nizom, tarmoq klassifikatsiyasi sifatida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichidan foydalangan holda, YaIMni yillik (batafsil hisob-kitoblar) va choraklik (tezkor baholashlar) davriylikda hisoblashni ko'zda tutadi.

 

Yalpi ichki mahsulotni yakuniy iste`mol usulida hisoblash bo`yicha uslubiy Nizom

(2011 yil 1 apreldagi 3-sonli qaroriga ilova)

   

Mazkur uslubiy Nizom MHT-93 va MHT-2008 xalqaro statistik andozalariga, shuningdek Xalqaro valyuta jamg`armasi, Jahon Banki ekspertlarining tavsiyalariga asoslangan va davlat statistika organlari tomonidan yalpi ichki mahsulotni yakuniy iste`mol usuli bilan hisoblashda foydalanish uchun mo`ljallangan.